07:46 / 12.08.2017
4644

Keniya prezidenti ikkinchi muddatga saylandi

Foto: AP

Keniyaning amaldagi prezidenti Uxuru Keniata ikkinchi muddatga saylandi, deb xabar berdi 11 avgust kuni Keniya saylov komissiyasiga iqtibos keltirgan holda BBC News. 

Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Keniata 54,3 foiz ovoz to‘plab, o‘zining asosiy raqibi – 44,7 foiz ovoz to‘plagan sobiq bosh vazir Railu Odinguni ortda qoldirdi.

Shu bilan birga muxolif koalitsiya ovozlar hisob-kitobi “maynabozchilik» bo‘lganini aytgan.

Biroq xalqaro kuzatuvchilar Keniya prezidenti saylovlarini haqqoniy va adolatli o‘tdi, deb tan olishgan.

Mavzuga oid
Top