09:56 / 12.08.2017
8245

Misrda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Foto: Sinxua

Misrning Iskandariya shahri yaqinida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 49 kishiga yetdi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar qilgan.

Iskandariya gubernatori Muhammad Sultonning ma'lum qilishicha, yo‘lovchi poyezdlarning to‘qnashuvida mashinistlardan biri aybdor.

Ayni damda prokuratura falokat holati bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmoqda.

Avvalroq Misrda ikki poyezd to‘qnashib ketib, qurbonlar ko‘p ekani xabar berilgandi.

Top