O'zbekiston chempionatining 17-turidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. Bugungi kunning ikkinchi qismiga belgilangan uchrashuvlarda favorit sifatida qaralgan jamoalar g'alabani tantana qilishdi.

Amaldagi chempion va joriy mavsum peshqadami «Lokomotiv» bu turda «So'g'diyona» mehmoni bo'lib Marat Bikmayev va Murod Bobojonovning dubllari evaziga yirik hisobda g'alaba qozondi va peshqadamlik mavqeini yanada yaxshilab oldi.

«Paxtakor» esa Vadim Abramov boshchiligidagi «Neftchi»ni qabul qilib, birinchi bo'limda birorta ham to'p kirita olmagan bo'lsa, ikkinchi taymda Abramovga tanish bo'lgan hisobda g'alabaga erishishning uddasidan chiqdi. 

Bu turda chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgan «Nasaf» ham imkoniyatni boy bergan bo'lsa, «Navbahor» o'z uyida «Qizilqum»dan, «Sho'rtan» «Dinamo»dan ustun keldi.

Turnir jadvalida «Lokomotiv» 39 ochko to'plagan holda ta`qibchilaridan 9 ochko ilgarilab ketgan.

Oliy liga, 17-tur 

«So'g'diyona» – «Lokomotiv» 0:4 (0:2)

Gollar: Murod Bobojonov (7, 51), Marat Bikmayev (16, 53). 
«So'g'diyona»: 99. Shirinboy Abdullayev, 2. Sardor Qulmatov, 3. Azamat Isroilov, 8. Suxrob Qobilov, 17. Ixtiyor Toshpo'latov, 18. Qahramon Bahodirov, 47. Sherzod Jalilov, 55. Sardor Qaxxorov (Izzatilla Abdullayev, 80), 77. Sardorbek Eminov, 91. Javlon Guseynov, 92. Umidjon Qodirov.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Jaloliddin Masharipov, 65), Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Islom To'xtaxo'jayev, Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Muhammad Kone.

«Paxtakor» – «Neftchi» 6:0 (0:0)

Gollar: Azim Ahmedov (53), Igor Sergeyev (60, 64), Tiago Bezerra (78, 90), Vladimir Kozak (90+1). 
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A`zamov, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Jamshid Iskanderov (Akbar Ismatullayev, 86),Tiago Bezerra, Suhrob Nurulloyev (Doston Ibrohimov, 59), Sherzod Karimov (Gidi Kanyuk, 80), Igor Sergeyev.

«Neftchi»: O'tkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamronbey Kapadze, Muzaffar Muzaffarov, Murod To'ychiboyev, Ibrohim Raximov, Farhod Namozov (Abdurahmon Abdulhaqov, 46), Abror Ismoilov, Mansur Saidov (Sherzod Hakimov, 28), Alisher Shog'ulomov, Otabek Haydarov.
 
«Sho'rtan» – «Dinamo» 1:0 (0:0)  

Gol: Hakimxon Alamxonov (74 avtogol).
«Sho'rtan»: Alibek Turopov, Jamol Otaqulov, Igor Taran (Hasanboy Ergashev, 87), Laziz Ubaydullayev, Obid Jo'raboyev, Eldor Boymatov (Olimjon Karimov, 72), Sunnatilla Mamadaliyev, Dilshod Xushboqov, Abbos Amonov, Otabek Narzullayev, Ruslan Melziddinov.

«Dinamo»: Temur Jo'rayev, Mirkomil Xokayev, Hakimxon Alamxonov (Sardor Sulaymonov, 76), Jasur Azimov, Shohruxbek Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Amirjon Safarov, Saidjamol Davlatjonov, Farhod Tojiyev (Abdumalik Abdullayev, 58), Muhammad Isayev (Radu Rogak, 51), Doniyor Ismoilov.

«Navbahor» – «Qizilqum» 3:2 (2:1).

Gollar: Ro'zimboy Ahmedov (12), Dilshod Jabborov (32, penalti), Azizbek Turg'unboyev (67) — Artur Gevorkyan (17), Ilhom Yunusov (63 penalti).  
«Navbahor»: Asilbek Omonov, Abbos Otaxonov. G'iyosjon Komilov, Oybek Qilichev, Dilshod Jabborov, Mirzohid  G'afurov, A`zamjon Aliyev, Ro'zimboy Ahmedov (Doniyor Usmonov, 84), Darko Stanoyevich, Abbosbek Maxstaliyev (Sardorbek Azimov, 67), Azizbek Turg'unboyev (Ilhomjon Boydedayev, 78).

«Qizilqum»: Artyom Makosin, Shukurali Po'latov, Erkin Boydullayev, Nodirxon Kamolov (G'ayrat Jumayev, 46), Otabek Zokirov, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Sherali Jo'rayev, Ilhom Yunusov, Bekzod G'anijonov (Otabek Isroilov, 46), Akram Bahriddinov (Samandar Shodmonov, 55).

«Buxoro» – «Nasaf» 1:0 (0:0)  

Gol: Javohir Qahramonov (74). 
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Bobir Amonov, Bahriddin Vahobov (Azamat Allaniyazov, 70), San`at Shixov (Ergash Ismoilov, 56), Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Vladimir Boyenko, Alisher Samatov, Tohir Shamsitdinov (Javohir Qahramonov, 58), Salamat Qutiboyev, Alisher Sanoyev.

«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G'aniyev (Sharof Muhitdinov, 83), Dilshod Rahmatullayev (Odil Hamrobekov, 55), Shahboz Erkinov (Islom Rashidxonov, 73), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.