14:39 / 12.08.2017
10600

Samarqandda «Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi (foto)

«Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida tashkillashtirilgan «Eng ulug‘, eng aziz» tanlovining Samarqand viloyat bosqichi ham bu yil an'anaviy 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Tanlov tashkilotchilari — viloyat hokimligi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat hududiy bo‘linmasi, viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat teleradiokompaniyasi, «Samarqand televideniyesi» MChJ rahbarlari g‘oliblarni aniqlab berishdi.

Qayd etib o‘tish joizki, bosma adabiyot, bosma ommaviy axborot vositalari, teleradiojurnalistika, tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha jami 309 ta turli mazmundagi ijodiy ishlar qabul qilindi.

Samarqand shahridagi «Samarqand kitob olami» ma'naviy-ma'rifi majmuasida bo‘lib o‘tgan, tanlovning yakunlovchi bosqichida O‘zMTRK bo‘lim boshlig‘i Oybek Shomurodov, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Nabijon Turdiboyev, «Zarafshon» gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev va viloyat teleradiokompaniyasi rais o‘rinbosari Dilmurod Ismatov va yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mas'ul kotibi, shoir Toshpo‘lat To‘galov tanlovning ahamiyati haqida gapirib, unda ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirib, g‘oliblarni tabriklashdi.

«Eng ulug‘, eng aziz» tanlovining viloyat bosqichida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar va o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

«Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari» nominatsiyasida:

1-o‘rin. Yormamat Rustamov («Quyoshni sig‘dirgan yurt» she'riy to‘plami uchun);

2-o‘rin. Rahimjon Naimov («Ma'no ma'vosi» she'riy to‘plami uchun);

3-o‘rin. Qodirbek Usmonov («Bekat» she'riy to‘plami uchun).

«Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari» nominatsiyasida:

1-o‘rin. Ubaydullo Sirojyev – viloyat «Zarafshon» gazetasi muxbiri;

2- o‘rin. Xolboy Qosimov – Bulung‘ur tumani «Bulung‘ur hayoti» gazetasi jamoatchi muxbiri;

3- o‘rin. Sunnat Muhammedov – Payariq tumani «Payariq hayoti» gazetasi mas'ul kotibi.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Toshqul Azimov – viloyat «Ovozi Samarqand» gazetasi mas'ul kotibi;

Abduhalim Mo‘minov – Toyloq tumani «Qo‘shchinor» gazetasi muxbiri.

«Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari» nominatsiyasida (STR)

1-o‘rin. To‘xtatosh Mamadaliyeva – viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri;

2-o‘rin. Turg‘un Umirov – viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri;

3-o‘rin. Ravshan Yakubov – viloyat teleradiokompaniyasi radio guruhi ovoz operatori.

«Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari» nominatsiyasida (STV)

1-o‘rin. Aziza Navro‘zova – STV telekanali muallif, olib-boruvchi; 

2-o‘rin. Odil Boynazarov – STV telekanali texnik muharrir;

3-o‘rin. Amirtemur Mahmudov – STV telekanali montajchi.

«Tasviriy san'at, foto va dizayn» nominatsiyasida

1-o‘rin. Sabina Boltayeva – Samarqand shahar san'at kolleji talabasi;

2-o‘rin. Gulhayo Sag‘dullayeva – Kattaqo‘rg‘on tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi xodimi;

3-o‘rin. Nodira Hamroqulova – Urgut qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji talabasi.

Barcha g‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sh.Shokirjonov,
Kun.uzning Samarqanddagi muxbiri.

Top