12 avgustdan 13 avgustga o'tar kechasi Yer aholisi fazoviy kengliklardagi ajoyib voqelik guvohiga aylanishlari mumkin. Osmon bulutsiz bo'lsa, dunyoning turli mintaqalarida soatiga 150 tagacha meteorit yonishini ko'rish mumkin bo'ladi. Bunga eng yorqin Persey meteorlarining kuchli oqimi yaqinlashgani sabab bo'ladi. 

"Eng faol vaqti Toshkent vaqti bilan 12 avgust kuni 19:00 dan 13 avgust 7:30 gacha davom etadi. Bu vaqt oralig'ida osmon ochiq bo'lsa daqiqasiga 2-3 tagacha yulduz uchishini ko'rish mumkin". Xalqaro meteor tashkilotining meteorlar yomg'iriga doir jadvalida shu haqda qayd etilgan.

Persey yulduzlarining "yulduzlar yomg'iri" 17 iyuldan 24 avgustgacha davom etadi. Bunda uning eng yuqori cho'qqisi 11-13 avgust tunlariga to'g'ri keladi. Aynan shu kunlari yorqin yulduzlar yomg'iriga guvoh bo'lish mumkin.