20:14 / 12.08.2017
12280

Si Tszinpin Trampni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosiqroq bo‘lishga chaqirdi

Foto: REUTERS

Xitoy raisi Si Tszinpin AQSh prezidenti Donald Trampni Shimoliy Koreya atrofidagi taranglikning kuchayishiga olib keladigan istalgan qadamlardan tiyilishga chaqirdi.

Ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Tszinpin Xitoy ham AQSh ko‘zlagan maqsad – Shimoliy Koreya tomondan yadroviy tahdidni bartaraf qilishni ko‘zlashini aytgan.

“Ayni vaqtda barcha tegishli tomonlar bosiqlik namoyon qilishlari va yarimorolda vaziyatning keskinlashishiga olib keladigan bayonot va harakatlardan qochishlari kerak”, deb aytgan Tszinpin.

Tszinpinning aytishicha, Koreya yarimoroli muammosini hal qilish uchun muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash kerak va Pekin bunga tayyor. 

O‘z navbatida Tramp AQSh Xitoy bilan birga o‘zaro manfaatli xalqaro masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni davom ettirishini ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq Tramp Shimoliy Koreya AQShning Tinch okeanidagi hududi bo‘lgan Guam oroliga raketa zarbasi bersa, unda bundan “juda afsuslanishini” aytgandi.

Mavzuga oid
Top