14:56 / 12.08.2017
5976

Suv osti kemasi halokati shvetsiyalik jurnalistning yo‘qolib qolishi bilan bog‘liqmi?

Foto: EPA

Daniya poytaxti Kopengagen shahri yaqinida dunyodagi eng katta xususiy suv osti kemasi «Nautilus» cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi. Suv osti kemasi egasi va uning yaratuvchisi Peter Madsen shvetsiyalik jurnalistning hayotiga xavf yetkazganlikda ayblanmoqda.

Peter jurnalist ayolni suv osti kemasi cho‘kishidan avval poytaxt shaharga tashlab o‘tganini iddao qilmoqda. Jurnalistning do‘stlari esa uni kichik sayyohatdan qaytib kelmaganini aytib, shikoyat qilgan. Ayni paytda politsiya ayolning suv osti kemasi halokatga uchragan vaqt bort qismida bo‘lganmi yoki undan tashqaridami, shu masalani aniqlashtirmoqda. 

Shvetsiyalik jurnalist Madsen kemasi haqida material tayyorlayotgan edi. Endilikda, Peter Madsen yakshanba kuni tashkil etiladigan sud majlisida ishtirok etishi shart.

Mavzuga oid
Top