O'zbekistondagi mahbuslarga yaqinlari bilan videomuloqot qilishga ruxsat beriladi

O'zbekiston 12 Avgust 2017 19788

O'zbekistonning axloq-tuzatish muassasalarida jazo muddatini o'tayotganlarga oila a`zolari bilan videomuloqot o'tkazishga ruxsat beriladi. O'zbekiston  Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Ichki ishlar idoralarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq jazolarni o'tash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari to'g'risida»gi qarorda shu haqda so'z boradi.

Qarordan kelib chiqadigan vazifalar Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga bosqichma-bosqich tarzda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan ta`minlanadi. 

IIV joriy yil 1 dekabrgacha jazoni o'tash muassasalarida axborot taxtalari va boshqa texnik vositalar bilan tanishish, O'zbekistonda avf etish masalalariga oydinlik kirituvchi ma`lumotlarni joylashtirishi kerak. 

Ko'proq yangiliklar: