17:09 / 13.08.2017
7393

Andijonda “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

13 avgust kuni Andijonda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, tasviriy san'at ustalari, foto va dizayn ijodkorlarining “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika tanlovining viloyat bosqichi yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Kun.uz"ning Andijondagi muxbiri Elmurod Ermatov xabar berdi. 

Hakamlar hay'atining e'tiboriga yozuvchi va shoirlarning 34 ta kitobi, bosma ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan 235 ta, elektron ommaviy vositalari jurnalistlari tomonidan 21 ta ish, tasviriy san'at, foto asarlari va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar ijodkorning 615 ta asari havola qilindi. 

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari Serobiddin Ismoilov hamda “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi raisi Isfandiyor Latipovlar ishtirokchilarga samimiy tilaklarini bildirishdi.

Viloyat bosqichida o‘z yo‘nalishlarida g‘olib chiqqan ijodkorlar munosib taqdirlandi.  

 

Top