18:38 / 13.08.2017
5735

Eronda xlor sizib chiqishi natijasida 500ga yaqin kishi jabrlandi

Eronning g‘arbida joylashgan Dizful shahrida xlor sizib chiqishi natijasida jabrlanganlar soni 475 nafarga yetdi. Bu haqida yakshanba kuni Associated Press (AP) xabar berdi. 

Bundan avval 362 nafar jabrlanuvchi haqida ma'lumot berilgan edi. Xlorning sizishi sabablari haqida xabar qilinmagan.

AP ma'lumotlariga ko‘ra, Dizfulda 250 ming kishi yashaydi.

Top