Suriyadagi “Oq kaskalar" arxiv foto/Getty Images

Suriyaning Idlib viloyatida “Oq kaskalar” gumanitar tashkilotining 7 xodimi noma`lumlar tomondan o'ldirildi. Bu haqda tashkilotning tvitterdagi sahifasida ma`lum qilingan.

“Oq kaskalar” xodimlari boshlariga o'q uzish orqali o'ldirilganlar, deb ma`lum qilingan Suriyadagi inson huquqlari bo'yicha kuzatuv kengashining xabarida. Bu haqda DW xabar bermoqda. Shuningdek, noma`lumlar tashkilotga tegishli ust-bosh va ikkita mikroavtobusni o'g'irlab ketishgan 

Hujum sabablari noma`lum, bosqinchilar kimligi aniqlanmagan.

“Oq kaskalar” 2013 yildan beri Suriyadagi jangovar harakatlar hududida qolgan aholiga ko'mak ko'rsatib keladi.