00:09 / 13.08.2017
5789

Pokistonda yuz bergan portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning janubi-g‘arbiy viloyati Belujistonning poytaxti hisoblanmush Kvetta shahrida 12 avgust kechki vaqt portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, kamida 32 kishi yaralangan. Bu haqda viloyat ichki ishlar vaziri Sarfaraz Buttiga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentiligi xabar berdi. 

Vazirning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida ham politsiyachilar, ham fuqarolar bor.

Guvohlarning ta'kidlashicha, portlash xavfsizlik kuchlari avtomobili yonida sodir bo‘lgan. Portlash sabablari hozircha noma'lum. Portlash sababli shaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.

Top