14:45 / 14.08.2017
6457

30 mln so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Bekobod shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Furqat Abdinazarov (ism-shariflari o‘zgartirilgan) jamiyatda foydali mehnat turi bilan shug‘ullanmasdan, jinoyat sodir etish yo‘liga kirdi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilib, firibgarlik ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan tez va oson pul topish yo‘lini afzal bildi, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIB.

Joriy yilning 20 may kuni Furqat Abdinazarov firibgarlik yo‘li bilan 1981 yilda tug‘ilgan Mansur Nurmuhammedovning ishonchini suiste'mol qilib, «Neksiya» rusumli avtoulovini sotmoqchi ekanligini aytib, «avtoulovni bir hafta muddat ichida rasmiylashtirib beraman», deb aldab, undan 30.800.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bu firibgarliklarga chek qo‘yildi. Endilikda Furqat Abdinazarov sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob beradi.

Top