15:25 / 14.08.2017
18472

Prokuratura organlarining tashabbusi bilan aholi e'tiboriga yetkazilgan 1551 ta bo‘sh ish o‘rni

Ma'lumki, “Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga asosan, bandlikka ko‘maklashish markazlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo‘qligi, mehnat xususiyati va sharoitlari haqida axborotlar oladi hamda ularning hisobini yuritadi.

Afsuski, korxonalardagi bo‘sh ish joylari haqidagi ma'lumotlardan har doim ham aholi, shu jumladan ish istab yurgan fuqarolar xabardor bo‘lmaydi.

Zangiota va Toshkent tuman prokuraturalarining tashabbusi bilan 2017 yil avgust oyida mazkur tumanlardagi 187 ta korxonada mavjud bo‘lgan 1551 ta bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar Xalq Qabulxonasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari va kasb-hunar kollejlari binolarining kirish qismiga joylashtirilishi ta'minlangan. 

Shu bilan birga, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar “Istiqbol” gazetasiga tizimli ravishda chop etib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, respublika hududlaridagi, shu jumladan Zangiota va Toshkent tumanida joylashgan korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “ish.mehnat.uz” rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lgan korxonalar ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, ushbu masalada prokuratura va mehnat organlariga murojaat etish mumkin (tahririyat).

 Zangiota va Toshkent tumanlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumot (Jadval)

Top