14:44 / 14.08.2017
7080

Xitoy KXDRdan qator mahsulotlar olib kirilishiga taqiq qo‘ydi

Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining 2371-sonli so‘nggi rezolyutsiyasi talablarini bajarish doirasida 15 avgustdan KXDRdan qator tovarlarning olib kirilishiga taqiq kiritmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» Xitoy tijorat vazirligiga asosan xabar berdi.

«15 avgustdan boshlab KXDRdan ko‘mir, temir, temir rudasi, qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin rudasi, dengiz mahsulotlarining olib kirilishiga to‘liq taqiq kiritilmoqda», - deya aniqlik kiritiladi bayonotda.

Avvalroq xitoyliklar Shimoliy Koreyada paydo bo‘lgan vaziyatdan unumli foydalanayotgani haqida yozilgandi.

Mavzuga oid
Top