16:20 / 14.08.2017
9606

«Liverpul» YeChL o‘yinlari uchun zayavkasini e'lon qildi. Ro‘yxatda Koutino yo‘q

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp 22 nafar futbolchini Yevropa chempionlar ligasiga o‘tish o‘yinlari doirasida «Hoffenhaym»ga qarshi kechadigan uchrashuvlar uchun qaydnomaga kiritdi. Ro‘yxat klub rasmiy saytida keltirilgan.

Ro‘yxatda Filippe Koutino, Deniyel Starrij va Nataniel Klayn nomlari yo‘q.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha: 
Darvozabonlar: Simon Minole, Loris Karius, Denni Uord
Himoyachilar: Ragnar Klavan, Jo Gomes, Joel Matip, Deyan Lovren, Alberto Moreno, Endryu Robertson, Jon Flenagan, Aleksandr-Arnold.
Yarim himoyachilar: Jorjino Veynaldum, Jyeyms Milner, Roberto Firmino, Jordan Henderson, Marko Gruyich, Sadio Mane, Emre Jan.
Hujumchilar: Muhammad Saloh, Divok Oriji, Dominik Solanke, Rayan Kent.

Qayd etish kerakki, «Barselona»ga o‘tishi kutilayotgan Filippe Koutino APLning birinchi turi doirasida «Uotford»ga qarshi kechgan uchrashuvda ham qatnashmagandi.

«Ko‘k-anorranglilar» bozor narxi 45 mln yevro bo‘lgan Koutino uchun 100 mln yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor. Ammo mersisaydliklar futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti.

25 yoshli braziliyalik futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi muddati 2022 yilga qadar. U klubda eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi (haftasiga 150 ming funt).

15 avgust kuni «Hoffenhaym» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi. Javob uchrashuvi bir haftadan keyin Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top