09:14 / 14.08.2017
8677

Oq uy: Tramp KXDR uchun «qizil chiziq»ni belgilagani yo‘q

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning terrorizm bilan kurash masalalari bo‘yicha yordamchisi Tom Bossertning ma'lum qilishicha, davlat rahbari KXDR uchun “qizil chiziqni” belgilagani yo‘q. Agarda bu ro‘y berganida, AQSh ushbu chiziqdan o‘tilgan taqdirda Pxenyanning harakatlariga kuch bilan javob berardi, deb yozmoqda The Washington Examiner.

«Mening o‘ylashimcha, prezident Tramp donolik bilan bu chiziqni belgilamadi, u bundan aqllilik bilan qochishning uddasidan chiqdi», - dedi u.

Shu bilan birga, Bossertning ta'kidlashicha, AQSh va KXDR munosabatlaridagi inqiroz amaldagi davlat rahbariga avvalgi ma'muriyatdan meros bo‘lib qolgan.

Avvalroq KXDRda 3,5 mln kishi AQShga qarshi jang qilish uchun harbiy xizmatga kirishga tayyor ekani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top