09:22 / 14.08.2017
11205

Oqsilli muzqaymoq: sog‘lom ovqatlanish sohasida yangi yo‘nalish

Taomning yuqori kaloriyaga ega ekanligi – chiroyli va o‘ziga tortuvchi qomatni shakllantirishda asosiy dushmandir. Har birimiz uchun yoz faslining asosiy shirinligi bo‘lgan oddiy muzqaymoq,  juda ko‘p o‘simlik yog‘iga ega. Shu sababli, chanqoqni muzqaymoq bilan bosish va jazirama issiqda uning yordamida badanni sovutish, ba'zida bizning organizmimizga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 


Parhezchilar bir ovozda muzqaymoqning standart porsiyasi – haqiqiy kaloriya bombasi ekanligini uqtirib kelishadi. Bu shirinlikdagi kaloriya miqdorining yuqori ekanligi, nafaqat undagi sut miqdori, balki shakar miqdori bilan ham o‘lchanadi. Shu sababli ortiqcha kilogrammlardan halos bo‘lishni istaganlarga, ularning tarkibidagi shakar ko‘pligi tufayli sutli muzqaymoq ham, mevali muzqaymoq ham tavsiya etilmaydi.  

O‘zingizga mazzali rohatlanishni ta'qiqlamaslik, shu bilan bir vaqtda ortiqcha kilogrammlarni yig‘maslikda sizga oqsilli fitnes-muzqaymoq yordam beradi. O‘zining turli yog‘larsiz va shakarsiz tarkibi tufayli, ushbu muzqaymoq sportchilarga ham, sog‘lig‘i shakar va yog‘ iste'mol qilishga yo‘l qo‘ymaydigan insonlarga ham to‘g‘ri keladi. Uni qandli diabet kasalligida, shirinlik va yog‘larni individual tarzda hazm qila olmaslik holatlarida tanovvul qilish mumkin. 

Bir vaqtning o‘zida muzqaymoqning bunday tarkibi, uning ta'm sifatida hech qanday o‘zgarishga olib kelmagan. U mazzali, jazirama kunda chanqoqni ajoyib tarzda bosadi va turli mazzalarda taklif etiladi. Ortiqcha kaloriyalar bilan bog‘liq muammolarni va har bir iste'mol qilingan porsiyadan keyin kaloriyalarni sanash odatini unutishingiz mumkin. 

Bundan tashqari, o‘zining oqsilli tarkibi tufayli fitnes-muzqaymoq oshqozon ishini normallashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va organizmni tashqi faktorlarning zararli ta'siridan himoya qiladi. Bu sog‘liqqa salbiy ta'sir ko‘rsatmaydigan mazzali va foydali desert, albatta kattalarga ham bolalarga ham birdek yoqadi! 

Bog‘lanish uchun: 234-34-40, 234-24-33. 
Hamkorlik uchun: +998 977011011.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top