19:12 / 14.08.2017
5193

Serra-Leoneda ko‘chki yuz berdi, yuzlab kishilar halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Foto: Reuters

Serra-Leone vitse-prezidenti Viktor Foning xabar berishicha, poytaxt Fritaun yaqinida juda yirik ko‘chki yuz bergan. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

«Ehtimol, yuzlab kishilar vayronalar tagida hayotdan ko‘z yumdi. Biz kishilarni evakuatsiya qilishga harakat qilayapmiz», - deya ma'lum qildi Fo.

Ta'kidlanishicha, tog‘li joylarda noqonuniy ravishda turli inshootlar qurib olingan bo‘lgan.

Qurbonlarning aniq soni noma'lumligicha qolmoqda.

Top