10:33 / 14.08.2017
16306

Tom Kruz "Uddalanmas vazifa"ni suratga olish jarayonida jarohat oldi

Foto: e online

Amerikalik aktyor Tom Kruz "Uddalanmas vazifa" kinotasmasining 6-qismini suratga olish jarayonida tryukni bajarishda jarohat oldi, deb yozmoqda TMZ sayti. 

Ko‘plab tryuklarni o‘zi bajaradigan 55 yoshli aktyor bilan noxush hodisa 13 avgustda ro‘y bergan. 

Portal taqdim etgan videorolikda Kruz arqon vositasida sug‘urtalangan holda bino tomidan ikkinchisiga o‘tmoqchi bo‘lganida mo‘ljalni xato olib, ikkinchi bino devoriga "anchagina kuchli urilgani" aks etgan. So‘ngra u bino tomiga chiqib sug‘urta arqonlari vositasida qayta sakragan, keyin uni tasvirga olish guruhi vakillari olib ketishgan. Nashr aktyorning jarohati qanchalik jiddiy ekaniga oydinlik kiritmagan. 

Rejissyor Brayan De Palmaning "Udlalanmas vazifa" filmi 1996 yilda katta ekran yuzini ko‘rgan edi. 2018 yil iyunida uning 6-qismini namoyish etishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid
Top