11:30 / 14.08.2017
12825

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutida ko‘rgazma o‘tkazildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 2 avgustda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash Toshkent shahridagi barcha oliy ta'lim muassasalari yangi 2017-2018 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududlarni tartibga keltirish ishlarini bajarilishi to‘g‘risida «Namunaviy oliy ta'lim muassasasi» ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazma ikki kun davom etib, unda Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanini Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari O‘.Begimqulov ochib berdi hamda bugungi kunda oliy ta'lim tizimida yoshlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun 2017-2018 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududlarni tartibga keltirish ishlari bajarilishi, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chikarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirdi.

Yig‘ilishda TIQXMMI O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Mirzayev institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli qarori, 2017 yil 24 maydagi «Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3003-sonli qarori va 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3151-sonli qarorlarini ijro etishda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ta'lim sifatini oshirish, yangi o‘quv yili uchun barcha o‘quv me'yoriy hujjatlarini tayyorlash tartibi haqida axborot berdi. 

Shuningdek, tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalarini tashkiliy metodik ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Radjabov 2017/2018 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishning muhim masalalariga to‘xtalib, bu borada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida amalga oshirilgan ishlarni namuna sifatida tavsiya qildi va yig‘ilish a'zolarini bajarish lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishtirdi.

Umuman olganda, oliy ta'lim tizmida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mamlakatimizda fan va ta'lim sifatini yanada oshirish, iktidorliyoshlarni yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishishda xizmat qiladi.

Top