18:14 / 14.08.2017
5768

Tramp Vashingtonga qaytayotganini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning xabar berishicha, u Vashingtonga qaytmoqda hamda uni ancha ko‘p ishlar kutmoqda. U bu haqda tvitterda yozgan.

«Vashingtonga bugun ertalab jo‘nab ketmoqdaman. Ish juda ko‘p. Asosiy e'tiborni savdo va harbiy sohaga qarataman», - deb yozdi u.

4 avgust kuni Tramp ikki haftaga o‘zining ilk ta'tiliga ketgandi, bu vaqtda Oq uyning g‘arbiy qanotida konditsionerlarni ta'mirlash ishlari olib borildi.

Mavzuga oid
Top