00:45 / 15.08.2017
4819

AQShda Venesuela fuqarolariga viza berish cheklab qo‘yildi

Foto: AP Photo / Fernando Llano

Venesuelada yangi qonunchilik organi – Milliy ta'sis yig‘ini o‘z ishini boshlagandan keyin AQSh bu mamlakat fuqarolariga viza berishni cheklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Nacional nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 14 avgust kuni AQSh elchixonasiga murojaat qilgan 6 nafar venesuelalikdan 5 nafariga vizani rasmiylashtirilish rad etilgan. Shunindek, jurnalist va deputatlarga ham viza berish rad etilgan.

Biroq, shu bilan birga, AQSh elchixonasi saytida viza olishga ariza berish imkoniyati bloklab qo‘yilmagan.

Top