13:16 / 15.08.2017
13045

Xitoy: «AQSh savdoda cheklovlar kiritsa, qo‘l qovushtirib o‘tirmaymiz»

Foto: Reuters

Xitoy AQSh tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi savdo sohasiga oid qoidalarni kuchaytirish yoki uni cheklash bo‘yicha bir tomonlama harakatlar amalga oshiriladigan bo‘lsa, qattiq javob qaytaradi va qat'iy choralarni qo‘llaydi. Bu haqda XXR tijorat vazirligi xabar bermoqda.

«Biz umid qilamizki, AQSh savdo vakillari obektiv faktlarni tushunishadi va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi», - deya ta'kidlab o‘tishgan vazirlikdan.

Shuningdek, qayd etilishicha, agarda AQSh ko‘p tomonlama savdo qoidalariga rioya etmayotganliklari bilan bog‘liq holatni e'tiborga olishmasa, «Xitoy tomoni qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi va o‘zining qonuniy huquq hamda manfaatlarini qat'iy himoya qilish uchun barcha kerakli choralarni qo‘llaydi».

Avvalroq Pekin AQSh bosim o‘tkazayotgani yuzasidan bayonot bilan chiqqandi.

Top