21:17 / 15.08.2017
6067

Milliy universitetda xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk  universiteti va Big data Ilmiy instituti bilan birgalikda 15-17 avgust kunlari Big data applications and services (Ma'lumotlar bazasi ilovalarini tashkil etish va ta'minlash) nomi ostida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazmoqda.

Mazkur konferensiyani tashkil etishdan  maqsad – innovatsion xulosalar haqida tasavvurga ega bo‘lish, akademik va industrial o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yirik ma'lumotlar bazasi yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar hamkorligini rivojlantirish va umumjahon raqamli ma'lumotlari bo‘yicha boshqaruvni amalga oshirishdir.

Milliy universitetning olimlari va iste'dodli yoshlari bilan birgalikda konferensiyada Toshkentdagi INHA, Vestminster, TATU universitetetlari vakillari, Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti, AJOU universitetining tadqiqotlar va rivojlanish Markazi, Janubiy Koreyaning Kyongxi universiteti, Milliy Xavsizlikning tadqiqotlar instituti, Elektronika va telekommunikatsiya tadqiqotlar instituti, Kungmin Janubiy Koreya universitetei, Kyunpuk Milliy universiteti, Sok Muyung Xotin-qizlar universiteti, Kangvon Milliy universiteti, Bangladeshning ilm va Axborot texologiyalari universitetlari vakillari ishtirok etadilar. Shuningdek, anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Polsha, Xitoy va boshqa mamlakatlar olimlari ham ishtirok etishlari kutilmoqda. Umumiy horijiy ishtirokchilar soni – 70 kishidan iborat.

Konferentsiya doirasida zamonaviy IKT va kompyuter texnologiyalarining ilmiy-amaliy aspektlari va dolzarb muammmolari yuzasidan fikr almashinadi. Konferentsiyada quyidagi mavzular kengroq o‘rganilishi rejalashtirilgan:

- Ma'lumotlar bazasining modeli va algoritmlari;

- ma'lumotlar bazasi ilovalari va arxitektura;

- ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;

- ma'lumotlar bazasining axborot xavfsizligi;

- ma'lumotlar bazasini vizuallashtirish;

- ijtimoiy tarmoqlar tahlili;

- ma'lumotlar bazasi va elektron hukumat;

- ma'lumotlar bazasidan sanoatda foydalanish;

- biznesdagi ma'lumotlar bazasining roli.

Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va davra suhbati, o‘qituvchilarning malakasini oshirish kurslarida yetakchi xorij olimlarining  ma'ruzalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Top