11:17 / 15.08.2017
51726

Toshkentdagi yangi xalqaro maktab va bolalar bog‘chasiga qabul e'lon qilindi

Farzandlaringiz jahon talablariga javob beradigan zamonaviy ta'lim olishini xohlaysizmi?

VOSIQ International School and Kindergarten — xalqaro maktab va bolalar bog‘chasi bolakaylar uchun eshiklarini ochishga hozirlanmoqda. Ushbu maktabgacha va maktab ta'limi tizimi O‘zbekistonda yagona bo‘lib, Janubiy Koreya va dunyoning eng nufuzli ta'lim dargohlaridan biri — Yoju Institute of Technology (Yodju Texnologiyalar Instituti)ning yetakchi pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan.

Agar bugungi kunda sifatli ta'lim olish bolalarning yoshligidan xorijiy tillarga mehri bilan chambarchas bo‘lishi kerakligini tushunadigan ota-ona bo‘lsangiz, u holda farzandingiz barkamol rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni taklif qilishga tayyormiz.

Biz — havfsiz, shinam hududli, uch mahal yaxshi ovqatli, zamonaviy qurilmalarga ega maktab va bog‘chamiz. Ixtiyoriy darslarning ko‘p tarmoqli dasturini taklif etamiz va albatta, bizda Buyuk Britaniya, Yaponiya hamda Janubiy Koreyaning malakali pedagoglari faoliyat olib borishadi.

Ishlab chiqilgan ta'lim tizimimiz bolalarda tashkilotchilik, mustaqil fikrlash, o‘zi va atrofdagilarni hurmat qilishga asoslangan. Maqsadimiz — ta'limda zo‘r rivojlanishni ko‘rsatadigan, o‘ziga ishonadigan shaxslarni tarbiyalash.

Ta'lim bo‘yicha Janubiy Koreya uslubi — bu allaqachon klassikaga aylanib ulgurgan va umuman jahon brendi darajasida tan olingan. Unda bilimlarning nazariy tomoniga emas, amaliy ishlarga katta urg‘u beriladi va bunda bolaning xarakteri hamda qiziqishlarini inobatga olinadi. Bu esa bolalarning imkoniyatlarini kashf qilishga yordam beradi.

Bizning o‘quv binomiz jahon tajribasida maktab ta'limini rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan, so‘nggi tendensiyalarga javob beradigan texnik qurilmalar bilan jihozlangan.

Umuman olganda binomiz intereri va arxitekturasi sizni o‘z maydoni bilan hayron qoldiradi. Har bir xonada interaktiv doska o‘rnatilgan, fizika va kimyo sinflarida esa maxsus loyihalashtirilgan ilmiy-raqamli laborotoriya mavjud, o‘qituvchilar ham ta'lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishadi, kutubxonamiz keng qamrovda, barcha fanlar bo‘yicha elektron va bosma adabiyotlarga ega.

Stadion va yopiq maydoncha bolalar butun yil bo‘yi sport bilan shug‘ullanishlari imkonini beradi. Bundan tashqari, maktab va bolalar bog‘chasi ikkita basseynga ega bo‘ladi: biri — kattaroq bolalar uchun, ikkinchisi — bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari uchun. Havo almashishining zamonaviy tizimi binoda haroratning keskin farqlanib ketishi oldini oladi.

Biz nafaqat binomizning kichik egalariga, balki ularning ota-onalariga ham barcha sharoitlarni taqdim etamiz. Bundan buyon ertalabdan bolangizning sumkasiga shoshib ovqat konteynerini joylashingiz, keyin uni maktabga olib borish uchun mashinani qo‘zg‘atish va yana ishga otlanishingizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, kuz o‘rtalaridan boshlab, xuddi chet el oilaviy kinolaridagi an'ana kabi maktab avtobusi bolalaringizni uyingizdan olib ketadi va olib borib qo‘yadi.

Ishontirib aytamizki, farzandingizni o‘qishga olib ketish uchun ichi eskirib qolgan va notanish odamlar bilan to‘la kapotli sariq gigant avtobus emas, zamonaviy va qulay avtobus keladi hamda unda harakatlanish zavq beradi. O‘z navbatida, ta'lim narxiga qo‘shilgan sifatli uch mahal ovqat vaqtingiz va balki hatto pulingizni ham tejashda yordam beradi.

Biz har bir shakllanib kelayotgan kichik shaxsga hurmat va mehr bilan, eng boshidan ruhlantiruvchi ta'lim muhitini yaratishga tayyormiz. Bizning maktabimizda ta'lim olish — faqatgina xorijiy til o‘rganish va ta'lim olishning eng yaxshi usuligina bo‘lib qolmay, shuningdek boshqa davlatlarning madaniyatini o‘rganish uchun ham imkoniyat.

Ta'lim tizimimiz davomida o‘quvchilar almashish dasturi ham mavjud. Bunda eng a'lochi bolalar o‘zlarining ilk «komandirovka»lariga yo‘l olishadi.

Til o‘rganishga to‘liq yo‘naltirish va tengdoshlari bilan doimiy muloqot yoshlikdan xorijiy tilda gaplashish qobiliyatlarini yuqori darajada shakllantiradi.

Shu bilan birga majmuamiz hududida video-nazorat o‘rnatilgan. Bu birinchi navbatda ta'lim jarayoni va uning sifati, hamda havfsizlik uchun zarur bo‘lsa, bundan tashqari ota-onalar ham farzandlarini maktab va bolalar bog‘chamizda kuzatib turishlariga imkon beradi.

VOSIQ International School and Kindergarten — farzandingizning yorqin kelajagi sari ilk qadam!

Ta'lim olishning oylik to‘lovi — 1 500 000 so‘m.

  • Manzilimiz: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Do‘mbirobod ko‘chasi, 4-proyezd
  • Mo‘ljal: Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
  • Telefon: +99899 8818100

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Reklama huquqi asosida

Top