11:01 / 15.08.2017
7398

Tramp Abe bilan KXDR masalasini muhokama qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan telefon orqali muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Siyosatchilar suhbat davomida Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatni muhokama etishgan.

Oq uyning bayonotida aytilishicha, Vashington “KXDRning AQSh yoki uning ittifoqchilari, Janubiy Koreya va Yaponiyaga nisbatan istalgan tahdidi yoxud harakatlariga javob berish hamda bunda himoyachi sifatida chiqishga tayyor”.

Avvalroq Kim Chen In harbiylarga Guamga istalgan vaqtda zarba berishga tayyor turish haqida buyruq bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top