23:02 / 16.08.2017
42023

2017 yilning eng katta haq oluvchi aktrisalari e'lon qilindi

Forbes jurnali 2017 yilning eng katta haq oluvchi aktrisalarini e'lon qildi. Bu ro‘yxatda 1-o‘rinni “La-La Lend” filmi yulduzi Emma Stoun egalladi. Aktrisa 12 oy ichida 26 mln dollar ishlab topgan.

2-o‘rin Jyennifer Enistonga (25,5 mln dollar), 3-o‘rin esa Jyennifer Lourens (24 mln)ga nasib etgan.

4-7-o‘rinlarni Melissa Makkarti (18 mln), Mila Kunis (15,5 mln), Emma Uotson va Sharliz Teron (14 mln) egallagan. 

8-9-o‘rinlarni Keyt Blanshett va Juliya Roberts (12 mln) birgalikda bo‘lishgan.

Yetakchi o‘ntalikni esa Emi Adams (11,5 mln) yakunlamoqda.

Mavzuga oid
Top