18:07 / 16.08.2017
35993

Kun fotosi: Ozodbek Nazarbekov Bishkekdagi hukumatlararo komissiyasi majlisida

16 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hukumatlararo komissiyasi majlisi boshlandi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati tomonidan keltirilgan suratlardan birida Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Ozodbek Nazarbekov ham o‘rin olganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston madaniyat vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Top