15:45 / 16.08.2017
7781

Sergelida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

Sergeli tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sergeli tumanida 13 avgust kuni soat 01.31 da, 1960 yilda tug‘ilgan, 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, Sergeli 3-dahada yashovchi X.R. o‘z uyida, 50.000 so‘m pul evaziga, 1989 yilda tug‘ilgan, Shayxontoxur tumani, Oqtepa dahasida yashovchi R.G. va 1994 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Do‘stobod QFYda yashovchi Ch.A.larga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.

Daliliy ashyo sifatida 50.000 so‘m pul olindi.

Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top