18:55 / 16.08.2017
5055

Uchtepa tumanida voyaga yetmagan shaxs avtomobilni olib qochdi

2017 yilning 7 avgustdan 8 avgust kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Uchtepa tumani hududida fuqaro Erkin Gafurovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan “Matiz-best” rusumli avtomashina qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uni olib qochgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Uchtepa tumani, Chilonzor-30 mavzesidan topilgan. Shuningdek mazkur jinoyatni voyaga yetmagan G‘iyosjon Yusupjonov sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top