12:36 / 16.08.2017
5270

Janubiy Koreya hukumati moliyaviy holatni yaxshilash uchun amaliy choralar ko‘rmoqchi

Rasmiy Oq uy va Pxenyan o‘rtasidagi ziddiyat Janubiy Koreyadagi moliyaviy sharoitlarni tez o‘zgarib borayotganiga ta'sir qilaversa, hukumat iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun amaliy choralarni qo‘llashi mumkin. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Kim Dong Yon chorshanba kuni ma'lum qilgan. Shuningdek, u koreys bank-moliya amaliyotlari bir maromga tushib borayotgani haqida fikr bildirgan.

Bugun, 16 avgust kuni Janubiy Koreya Moliya vaziri va mamlakat Markaziy banki raisi Li Ju Yul bilan birgalikda ayrim masalalar haqida kelishib olish uchun uchrashadi. Lining aytishicha, Markaziy bank tuzilmasi va imkoniyatlariga Shimoliy Koreyaning tahdidlari salbiy ta'sir qila olmaydi.

Shimoliy Koreya hujumni noma'lum muddatga qoldirgani haqidagi xabar birja bozorini ham jonlantirib yubordi. Shu qisqa vaqt ichida esa xorijiy sarmoyadorlar tomonidan 1,31 trillion vonga teng aksiyalar sotib olingan.

Top