11:09 / 17.08.2017
8087

Asaka tumanida tergov idorasidan yashirinib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 16 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Andijon viloyati, Oltinko‘l tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Oltinko‘l tumani IIB tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi bilan ayblanib, tergov idorasidan 2017 yil 11 avgust kunidan buyon yashirinib yurgan, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan P.N. Asaka tuman hududida aniqlanib, ushlandi.

Top