19:54 / 17.08.2017
13631

FIFA yilning eng yaxshi murabbiyligi uchun da'vogarlar nomini e'lon qildi

FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzod bo‘lgan barcha da'vogar murabbiylar nomini e'lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Sovrinni qo‘lga kiritish uchun ayni vaqtda Massimiliano Allegri («Yuventus»), Karlo Anchelotti («Bavariya»), Antonio Konte («Chelsi»), Luis Enrike («Barselona»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Leonardu Jardim («Monako»), Yoaxim Lev (Germaniya terma jamoasi), Joze Mourino («Manchester Yunayted»), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Diyego Simeone («Atletiko»), Tite (Braziliya terma jamoasi) va Zayniddin Zidan («Real») da'vogarlik qilishi ma'lum bo‘ldi.

G‘olib nomi terma jamoalar murabbiyi va sardori, shuningdek jurnalistlar va muxlislar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi. Ovoz berish 7 sentabr kuni to‘xtatiladi. Taqdirlash marosimi 23 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top