09:22 / 17.08.2017
8987

Oq uy: Xitoy bilan iqtisodiy urush holatidamiz

AQSh Xitoy bilan “iqtisodiy urush” holatida. Bu haqda Amerika prezidentining strategik masalalar bo‘yicha bosh maslahatchisi Stiven Bennon ma'lum qildi.

“Biz Xitoy bilan iqtisodiy urush holatidamiz. Ular nima qilayotganliklarini bemalol aytishmoqda. Ikki davlatdan biri 25 yoki 30 yildan so‘ng gegemonga aylanadi. Va agarda, biz bu yo‘lda qoqilsak, ular birinchi bo‘ladi», - deya Bennonning so‘zlarini keltiradi American Prospect.

Uning ta'kidlashicha, o‘zi uchun “Xitoy bilan iqtisodiy urush – bu barchasi”.

“Biz bunga bor e'tiborni qaratishimiz lozim. Agarda mag‘lub bo‘lishda davom etaversak, besh yoki o‘n yildan so‘ng, hech qachon tiklana olmaydigan nuqtaga yetib boramiz”, - deya aniqlik kiritdi Oq uy vakili.

Avvalroq Tramp OAVga maxfiy ma'lumot berilishida Bennondan gumon qilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top