Turkiya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Veysel Kyosele iste'foga chiqishga ariza berdi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Kalin.
“Turkiya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Veysel Kyosele o‘z xohishi bilan iste'foga chiqishga ariza berdi. Tartib-qoidaga ko‘ra ariza qabul qilindi”, deb aytgan Kalin matbuot-anjumanda.