19:58 / 17.08.2017
8485

Turkish Airlines reysi yo‘lovchisi komaga tushib, samolyotda jon berdi

Foto: Flickr / Aero Icarus

Mavrikiy orolidan Amsterdamga parvoz qilayotgan samolyotning ayol yo‘lovchisi ekipajning unga tibbiy yordam ko‘rsatishga urinishlariga qaramasdan, qand kasalligi xuruji sababli samolyotning o‘zida jon berdi. Bu haqda Dogan axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot 16 avgust kechki vaqt Mavrikiy poytaxti Port-Luidan Istanbulda qo‘nish bilan Amsterdamga uchib ketgan. Kelib chiqishi niderlandiyalik bo‘lgan 68 yoshli yo‘lovchi samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay qand kasalligi xuruji sababli koma holatiga tushib qolgan. Samolyot ekipajining yo‘lovchiga yordam ko‘rsatishga harakatlari behuda ketgan va u hushiga kelmay, samolyotda vafot etgan.

Samolyot 17 avgustda Istanbulga qo‘ngach, ayol jasadi mahalliy o‘likxonaga yetkazilgan, samolyot esa Amsterdamga parvozini davom ettirgan.

Mavzuga oid
Top