23:56 / 18.08.2017
40776

Dunyoning eng chiroyli qamoqxonalari (fotojamlanma)

Barcha qamoqxonalar ham bir-biriga o‘xshayvermaydi. Rangsiz, ko‘plab qurolli soqchilar qo‘riqlovchi beton kataklar, po‘lat panjaralar o‘tmishda qolib bormoqda: rivojlangan mamlakatlarning penitentsiar tizimi mahbuslarni jazolash emas, ularni qayta tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Trendymen ko‘rinishidan ko‘proq qulay sanatoriylarga o‘xshab ketadigan qamoqxonalar bilan tanishtirdi.

Villa Sbertoli

Italiya

Villa Sbertoli bir vaqtning o‘zida ham qamoqxona, ham ruhiy xastalar shifoxonasi funksiyalarini bajaradi. Bu ajoyib bino XVIII asrda bunyod etilgan - u o‘zining baland shifti va devorlardagi rang-barang suratlari bilan ajralib turadi.

Shilon qal'asi

Shveytsariya

Hozirda bu yerda muzey joylashgan bo‘lsa-da, Shilon qal'asini chetlab o‘ta olmadik. Qal'a an'anaga ko‘ra, qamoqxona vazifasini o‘tagan: bu yerda qirollar muhim asirlarni saqlashgan.

Halden

Norvegiya

Bu yerda mahbuslar hudud bo‘ylab erkin harakatlanishadi, videoo‘yinlar o‘ynashadi, ortopedik matraslarda uxlashadi va hatto pul ham ishlashadi. Bir so‘z bilan aytganda, mahbuslarga oddiy odamlar sifatida munosabatda bo‘lishadi. Shunda ular jazo muddatini o‘tab, jamoatchilikka osonroq qo‘shilishadi.

Adliya markazi

Avstriya

Bu qamoqxona mashhur me'mor Jozef Xoushenn tomonidan mahbuslar o‘zlarini erkin his qilishlariga mo‘ljallab loyihalashtirilgan. Ulkan derazalar, ochiq kengliklar - qamoqxonadan ko‘ra ko‘proq sanatoriyga o‘xshaydi.

Scenic Bastoy Prison

Hoynahoy, ro‘yxatimizdagi eng "hashamatli" jazo o‘tash joyi shu bo‘lsa kerak. U xususiy orolda joylashgan va mahbuslar o‘z vaqtlarini istaganlaridek o‘tkazishadi. Baliqchilik, yer xo‘jaligi, tennis, chavandozlik  - xullas, pansionning o‘zginasi.

Garsten-Abbi

Avstriya

Garsten-Abbi 1851 yilga qadar monastirligicha qolgan. Keyin esa avstriyaliklar nima uchundir binodan qamoqxona sifatida foydalana boshlashgan. Barokko uslubidagi arxitektura Garsten-Abbini dunyodagi eng chiroyli qamoqxonalardan biriga aylantiradi.

Hazrati Oliyalari qamoqxonasi

Angliya

Agar og‘ir bloklovchi eshiklar bo‘lmaganida Hazrati Oliyalarining qamoqxonasi (Her Majesty's Prison, ili HMP) bemalol davlat maktabi vazifasini o‘tashi mumkin edi. Bu yerda sinflar, suzish havzasi va sport zali, bilyard stoli va hatto tennis stoli ham bor.

Frimant qamoqxona

Avstraliya

G‘arbiy Avstraliyada joylashgan Frimant qamoqxonasi 136 yildan buyon ekspluatatsiyada. Shunisi qiziqki, bu qamoqxona hatto YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan.

Davlat qamoqxonasi

Daniya

Sharqiy Yutlandiyaning Davlat qamoqxonasi 10 yilcha avval ochilgan. Toza, oddiy dizayn anchagina baland himoya devori, infraqizil kameralar, harakatlar datchiklari va barmoq izlari skaanerlarini yashiradi.

Adolat paviloni

Niderlandiya

Niderlandiyadagi Yoshlar adliya markazi umuman ozodlikni cheklashni ko‘zda tutmaydi. Mahbuslar tabiat qo‘ynida istagan ishlarini qilishlari mumkin - eng qizig‘i, bu yerdan hali biror kishi qochishga urinmagan.

Top