20:10 / 18.08.2017
20540

Foto: Gullarga burkanayotgan Samarqand ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi hamda «Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali tantanalari boshlanishi arafasida Samarqand shahri o‘zining gulzorlari bilan ham «Sharqning gavhari» degan ta'rifga munosib go‘zal qiyofa kasb etmoqda, deb yozadi viloyatning «Zarafshon» gazetasi.

Bir-biridan go‘zal, farahbaxsh ko‘chalarimiz, xushhavo xiyobonlarimiz ko‘zni quvontirib, dillarni yayratib, qalblarimizni g‘ururga to‘ldirmoqda.

Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining ma'lumot berishicha, boshqarma, korxona va tashkilotlar, muassasalar tomonidan shahar chorrahalari, xiyobonlarga 1 million tupdan ziyod karantus, rayhon, Qo‘qon guli, pentus, salviya kabi noyob gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ushbu tarovatli gullarning sonini 2 millionga yetkazish choralari ko‘rilyapti. Shuningdek, asosiy ko‘chalar panjaralari va chorrahalarda qariyb 5 mingga yaqin tuvaklarda ham gullar yetishtirilyapti. Shu davrgacha ekilgan 1,5 mingga yaqin noyob manzarali daraxtlar qadimiy va navqiron shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.

Top