10:27 / 18.08.2017
7687

Nukus shahrida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Nukus shahar IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Nukus shahrida 14 avgust kuni soat 08.00 da, Nukus shahri Abat ko‘chasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan J.Q., Nukus shahri M.Berdimbetova ko‘chasida yashovchi 1947 yilda tug‘ilgan Ye.T.ning uyining eshigi ochiqligidan foydalanib, 1 dona “Arsen” rusumli noutbugini va 1 dona “Nokiya” rusumli  qo‘l telefonini o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlangan.

Nukus shahar IIB tomonidan fuqaro J.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top