21:12 / 18.08.2017
8973

Oliy liga. «Paxtakor» Samarqandda ochko yo‘qotdi

O‘zbekiston chempionatining 18-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda «Dinamo» Samarqandda «Paxtakor»ni qabul qildi.

Ravshan Ermatov boshqarib borgan uchrashuvda jamoalar 90 daqiqa mobaynida raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Natijada o‘yin nursiz durang bilan yakuniga yetdi.

Ushbu natijadan keyin «Paxtakor» hisobidagi ochkolar soni 29taga yetdi va jamoa 4-o‘rinda qoldi. «Dinamo» esa 20 ochko bilan 12-pog‘onani band etib turibdi.

Oliy Liga, 18-tur

«Dinamo» – «Paxtakor» — 0:0

«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov (Abdumalik Abdullayev, 82), Radu Rogak, Shoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Orif Mamajonov (Farhod Tojiyev, 65), Amirjon Safarov (Muhammad Isayev, 31), Adnan Oraxovats, Doniyor Ismoilov.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Azimjon Ahmedov, Sherzod Karimov (Doston Ibrohimov, 83), Jamshid Iskanderov (Zabihillo O‘rinboyev, 85), Igor Sergeyev, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak, Gidi Kanyuk (Rostin Griffits, 62), Marko Simich, Sherzod A'zamov, Tiago Bezerra.

Ogohlantirishlar: Marko Simich 38, Rostin Griffits 71, Davron Hoshimov 74, Farhod Tojiyev 81.

Top