11:40 / 18.08.2017
35939

Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Prezident tashrifini «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Mazkur kombinat O‘zbekistonning eng yirik ishlab chiqarish obektlaridan biri hisoblanadi.

1944 yilda tashkil etilgan korxonada qora metall parchalari va chiqindilarni qayta ishlash, tayyor prokat mahsulotlari, sirlangan idishlar va boshqa xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonada yangi yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Prezident mazkur loyihalar bilan tanishmoqda.

Top