10:00 / 19.08.2017
5670

FIFA musobaqasida ilk marta ayol hakamlar ishlaydi

7 nafar ayol hakam 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda FIFA saytida ma'lum qilingan. 

Bu musobaqa ayol hakamlar ishlaydigan FIFAning ilk erkaklar musobaqasi bo‘ladi. Ularning barchasi zaxira hakami sifatida faoliyat ko‘rsatishadi.  

«Fikrimizcha, ayol hakamlarni FIFAning erkaklar musobaqalariga jalb etish vaqti keldi. O‘tgan yili ular ba'zi rasmiy uchrashuvlarda erkaklar bilan birga ishlashgandi, hozir esa biz ularni musobaqalarda ko‘rmoqchimiz», deb aytgan FIFA hakamlik qo‘mitasi boshlig‘i Massimo Buzakka.

May oyida ayol hakam Bibiana Shtaynhaus Bundesliganing 2017/2018 yilgi mavsumdagi uchrashuvlarida bosh hakamlik qilishi ma'lum bo‘lgandi. Avval u Germaniya chempionatining 2-divizionida, 2011 va 2015 yillardagi ayollar jahon chempionatlari hamda 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

Top