20:50 / 19.08.2017
14691

Galaxy Note 8 haqida ba'zi rasmiy ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Samsung’ning yangi flagman qurilmasi Galaxy Note 8 smartfoni haqida bir nechta ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Birinchidan, qurilma haqidagi ma'lumot Samsung rasmiy saytida ma'lum vaqt turgach, olib tashlangan. Ikkinchidan, taniqli insayder smartfonga 23 avgustda taqdim qilinganining ertasi kuniyoq buyurtma berish va sovg‘a olish mumkinligi haqidagi gaplarni tasdiqlagan.   

Saytda smartfonning 64 Gb li modeli suratlari berilgandi. 

Biroq bu ma'lumotlar internetda tarqala boshlagandan keyin, u paydo bo‘lgan sahifa o‘chirib tashlangan. Hozirda ma'lumot joylashtirilgan sahifa o‘rniga “sahifa topilmadi” degan yozuv chiqmoqda.

Shuningdek, insayder Evan Blassning aytishicha, qurilmaga buyurtma berib, o‘z istagiga ko‘ra turli sovg‘alardan birini olish mumkin. 

Blass avval sovg‘aga foydalanuvchilarga Galaxy Note 8’ni kompyuter bilan qo‘llashga imkon beruvchi DeX dok-stansiyasi berilishini yozgan. Keyinroq u xaridorlar 256 Gb li microSD xotira kartasi+simsiz quvvatlash qurilmasi yoki 360 gradusli kameradan birini tanlashlari mumkinligini aytgan. 

Kompaniya qurilmani 23 avgustda taqdim qiladi, ertasiga esa u sotuvga chiqishi kerak.

Mavzuga oid
Top