09:30 / 19.08.2017
5659

Kongoda yer ko‘chkisi 200 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi

Afrikadagi Kongo Demokratik respublikasi sharqida ro‘y bergan ko‘chki oqibatida 200 dan ortiq inson halok bo‘lgani ehtimol. Bu haqda tabiiy ofatdan aziyat chekkan viloyat hokimi Ituri Pasifik Keta bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

«Suvda qolib ketgan va biz qutqara olmagan ko‘plab odamlar bor. Ularni qutqarishga hamma yoqning tog‘lar bilan o‘rab olingani qiyinchiliklar tug‘dirmoqda», — degan Keta. 

Avvalroq Serra-Leonedagi ko‘chki oqibatida 400 kishining yostig‘i qurigani haqida xabar qilingan edi.

Top