17:10 / 19.08.2017
27009

Meyvezer va Makgregor bahsidan ham muhimroq jang

Toshkent vaqti bilan yakshanba kuni yarim tunda Amerikaning Linkoln shahrida ajoyib boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. So‘nggi 11 yilda birinchi marta jahonning mutlaq chempioni aniqlanadi. Ilk yarimo‘rta vazn toifasida amerikalik Terens Krouford va namibiyalik Julius Indongo 4 ta asosiy chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi.

Terens Krouford (chapda)) va Julius Indongo chempionlik kamarlari bilan

2017 yilning boks olamidagi asosiy janglaridan biri 14,5 ming tomoshabin ketadigan «Pinnacle Bank Arena» stadionida tashkil etiladi. 63,5 kg vaznda WBC va WBO tasnifida jahon chempioni Terens Krouford WBA va IBF kamarlari sohibi Julius Indongo bilan kuch sinashadi. 

Jang g‘olibi 4 ta asosiy chempionlik maqomini qo‘lga kiritgan boks tarixidagi uchinchi sportchi bo‘ladi. Bungacha o‘rta vaznlilardan Bernard Xopkins (2005 y) va Jyermen Teylor (2006 y) 4 ta kamarni birlashtira olgan edi.

Umuman, 6 ta sovrin uchun kurash olib boriladi. Yuqoridagilardan tashqari IBO chempionlik kamari (Indongo) va The Ring jurnali kamari (Krouford) uchun ham kurash bo‘ladi. Bu kabi sovrinlarga shu paytga qadar hech kim bir vaqtning o‘zida egalik qilmagan. 

«Bu jang mutlaq chempionlik uchun,bu tarixiy bahs, g‘alaba qozonish yoki o‘lish, ammo men 100 foiz tayyorman, — deya Indongo so‘zlarini keltiradi Los Angeles Times. — Men uchun xorijda boksga tushish qulay. Men o‘zimni ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishni juda xohlaganman. Men bokschi vatandoshlarimni ruhlantirish uchun barchasini qilishim kerak. Men boks bo‘yicha jahonning birinchi afrikalik mutlaq chempioni bo‘laman. Bunga ishonish qiyin».

«Biz Indongo haqida eshitmagan va uning janglarini ko‘rmagan edik. Rossiyadagi jangi bundan mustasno, — deya Krouford so‘zlaridan iqtibos keltiradi BoxingScene. — Biz dastavval Troyanovskiy bilan jang qilmoqchi edik, ammo u bizning taklifni namibiyalik bokschi foydasiga rad etdi. Shu boisdan ham, uni nokaut qilishganini eshitganimizdan keyin jang videoyozuvini tomosha qildik. O‘shanda biz birinchi marta Indongoga e'tibor qaratdik».

Krouford 31 marta g‘alaba (21 tasi nokaut) qozongan bo‘lsa, Indongo hisobida 22 g‘alaba, (11 ta nokat) yuor. Ularning ikkisi ham mag‘lubiyat alamini tortmagan. 

Mavzuga oid
Top