00:29 / 19.08.2017
34262

Oliy Majlis senatorlaridan birining vakolati muddatidan avval tugatildi

2017 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati

Majlisda Aybek Turgunovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi vakolatini bergan yozma arizasiga muvofiq muddatidan ilgari tugatish hamda Andijon va Jizzax viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislarini 2017 yil 21 avgust kuni mos ravishda Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida va Jizzax musiqali drama teatri binosida o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Top