10:50 / 19.08.2017
8344

«Tottenhem» yozdagi ilk xaridi haqida e'lon qildi

«Tottenhem» «Ayaks»ning markaziy himoyachisi Davinson Sanchesni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi.

London klubi 21 yoshli futbolchi bilan 2023 yilgacha amal qiluvchi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Bundan avvalroq ushbu futbolchi transferi uchun 28 million funt to‘lanishi, yana 14 million funt bonuslar ko‘rinishida berilishi haqida ma'lum bo‘lgandi.

Sanches «Tottenhem»ning yozdagi ilk transferi bo‘ladi. U «Manchester Siti»ga sotilgan Kayl Uoker o‘rniga olib kelindi.

Mavzuga oid
Top