21:00 / 19.08.2017
12771

Video: raqs tushayotgan minglab robotlar Ginness rekordini o‘rnatdi

WL Tech kompaniyasining Dobi deb nomlangan 1069 ta roboti bir vaqtda raqs tushuvchi eng ko‘p sondagi robotlar rekordini yangilash uchun o‘zlarining kichik metall tanachalarini mohir raqqoslar kabi harakatlantirishlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rinishicha, bu kichik robotchalarning urinishlari zoye ketmagan. Jahon rekordlarini qayd qiluvchi va ularni Ginness rekordlar kitobiga kirituvchi shaxslarning aytishicha, robotchalar avvalgi jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lishgan. 

Ushbu rekord natija Guanchjou shahrida qayd qilingan. Deyarli ideal tarzda ijro etilgan raqs markaziy nazorat tizimi orqali boshqarilgan. Ta'kidlash joizki, ijro vaqtida bir nechta robotchalar ag‘darilib tushgan.

Ma'lum qilinishicha, bu robotlar raqs ijro etishdan tashqari, qo‘shiq kuylash, boks tushish va “kung-fu” harakatlarini ham bajarishga qodirlar.

Dobi robotchalari shohsupadan avvalgi rekordchi robotlar QRC-2’ni siqib chiqarishdi. O‘tgan yil qayd qilingan avvalgi rekord vaqtida 1007 dona robot birgalikda raqs tushgandi. 

Top