03:03 / 20.08.2017
5307

A seriya. «Napoli» ham ishonchli g‘alaba bilan start oldi

Italiya A seriyasining 1-turidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda mavsum favoritlaridan biri sifatida qaralayotgan «Napoli» Veronada mahalliy jamoaga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng neapolliklar 2:0, ikkinchi bo‘limda esa 3:0 hisobida ham oldinga chiqib olishgandi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Jampaolo Patstsini penaltidan kiritgan gol mezbonlarni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, xolos.

Italiya A seriyasi, 1-tur

Verona – Napoli 1:3 (0:2)
Gollar: Patstsini (83, penalti) – Suprean (32, avtogol), Milik (39), G‘ulom (62).
Verona: Nikolas, Erto (Valoti, 86), Kaseres, Ferrari, Suprean, Romulo, Byuxel, Dzakkani (Fares, 64), Bessa, Verde, Cherchi (Patstsini, 72).
Napoli: Reyna, G‘ulom, Kulibali, Xyusay, Kirikesh, Gamshik (Allan, 66), Diavara, Kalexon (Djakkerini, 73), Zelinski, Insine, Milik (Mertens, 61).
Ogohlantirishlar: Hyusay (51), Erto (74), Romulo (90), Djakkerini (90).
Chetlatish: Hyusay (82, Napoli).

Mavzuga oid
Top